Samarqandda taniqli estrada xonandasi voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkani, biroq IIB uning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q, deb topgani-yu masalaga prokuratura aralashgach, ichki ishlar organi tergovchisining «jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarori» bekor qilinganidan xabaringiz bor.
Olib borilgan qo‘shimcha tergov harakatlari natijasida Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi «topolmagan» jinoyat aniqlangan ko‘rinadi. Ya’nikim, holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) alomatlari bilan «ish» qo‘zg‘atildi. Mazkur ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.
Unga ko‘ra, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Kattaqo‘rg‘on tumani IIBdan Samarqand viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi ish yurituviga o‘tkazilib, nazoratga olingan. Mahkama matbuot xizmati holat insonning shaxsiy hayotiga taalluqligi e’tiboridan «ish» bo‘yicha boshqa tafsilotlarni ochiqlashni lozim topmadi.
Tushunarli.
Ma’lumki, nomusga tegish — o‘ta og‘ir jinoyat hisoblanadi. Voqelik bo‘yicha dastlabki surishtiruv harakatlari o‘tkazgan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB tergovchisining «ish»ni yopib yuborishi, qachonki holat OAVda yoritilib, prokuratura aralashganidan keyin vaziyat 180 gradusga o‘zgarib, jinoyat qo‘zg‘atilgani katta savol tug‘diradi. Tuman IIB tergovchisining jinoyat alomatlari yo‘q, deya xulosa qilgani uning professional mahoratini shubha ostiga qo‘yadimi yoki professional halolliginimi? Gap o‘ta og‘ir jinoyat haqida ketyapti, axir?!
Mazkur og‘riqli savol muallaq qolmasligi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin