23:30 / 23.10.2020
1 984

“Nexia”sidan ayrilishni istamagan uchun qarzdorlikni to‘lab berdi

“Nexia”sidan ayrilishni istamagan uchun qarzdorlikni to‘lab berdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining 16.07.2020 yildagi ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor D.Hakimov hisobidan undiruvchi B.Qodirov foydasiga 19 mln. so‘m avtomashina puli, 760 ming so‘m davlat boji va 15 ming 610 so‘m pochta harajatlari undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati Byuroning Jizzax viloyati Zarbdor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning mulkiy holatini aniqlash maqsadida vakolatli organlarga so‘rovnomalar yuborilgan bo‘lib, olingan javob xatlariga ko‘ra unga tegishli “Nexia-2” rusumli avtotranasport vositasi mavjudligi aniqlangan hamda davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlik evaziga xatlovga olingan.

Shundan so‘ng, qarzdor D.Hakimov tomonidan 21.10.2020 yilda undiruvchi B.Qodirovga ijro hujjatida ko‘rsatilgan summa naqd pul hisobida to‘liq to‘lab berilishi ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Nexia”sidan ayrilishni istamagan uchun qarzdorlikni to‘lab berdi