Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Unda ishtirok etayotgan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktab bitiruvchilari so‘nggi olti yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinishi haqida gapirdi.
Xalq ta’limi vazirining ta’kidlashicha, bu prezident topshirig‘i va farmon loyihasida o‘z aksini topadi.
“O‘quvchi maktabda 11 yil o‘qiyapti, lekin taqdiri bir kunda hal bo‘lyapti. Balki o‘sha kuni kasal bo‘lgandir, balki yaxshi uxlamagandir. Shu bois prezidentimiz bu bo‘yicha topshiriq berganlar, o‘quvchilarning maktabda olgan baholari, ya’ni, oxirgi olti yillik natijalari inobatga olinadi”, - dedi Sherzod Shermatov.
Uning ma’lum qilishicha, o‘quvchilarning 7-sinfdan boshlab, professional tashxislash orqali kasbiy moyilligi aniqlanadi. Umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun kichik mutaxassisliklar bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilinadi, maktab bitiruvchilari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan kasb va lavozimlar belgilanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi