Kolbasaning salomatlik uchun eng xavfli jihatlari aytildi

1 daqiqa o'qish5.1K
Kolbasaning salomatlik uchun eng xavfli jihatlari aytildi
Foto: Alamy
Tez-tez kolbasa iste’mol qilish sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin, dedi vrach-gastroenterolog Inna Mazko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oshqozon-ichak kasalliklaridan aziyat chekadiganlar bu mahsulotni umuman iste’mol qilmasliklari kerak.

"Kolbasa tarkibida go‘sht ko‘pi bilan 40 foizgacha bo‘ladi. Buning ustiga, ushbu go‘shtning sifati past, submahsulotlar bo‘ladi. Qolganlari esa soya, kraxmal, jelatin, oziq-ovqat qo‘shimchalari, bo‘yoqlardir" – dedi u.

Mutaxassisning qayd etishicha, kolbasaga pushti rang berish uchun saraton keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nitritlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, mahsulotga kalsiy o‘zlashtirilishiga zarar yetkazadigan hamda osteoporoz va raxit kasalliklarini keltirib chiqaradigan fosfatlar qo‘shiladi.

Shifokor kolbasa sotib olayotganda mahsulot tarkibiga jiddiy e’tibor berish, imkoni bo‘lsa uni uyda tayyorlash kerakligini aytdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?