07:33 / 28.10.2020
3 101

Organizmda COVID-19ning alomatlarsiz kechishi nimaga bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ldi

Organizmda COVID-19ning alomatlarsiz kechishi nimaga bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ldi
COVID-19ning alomatlarsiz shakli yaxshi immunitet bilan emas, balki organizmning xastalik qo‘zg‘atuvchilarini taniy olmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Bu haqda "Izvestiya" nashri bilan suhbat davomida Buyuk Pyotr nomidagi Sant-Peterburg politexnika universiteti qoshidagi Biotibbiy tizimlar va biotexnologiyalar instituti direktori Andrey Vasin ma’lum qildi.

Uning ta’kidlanishicha, Rossiyada ham kasallikning belgilarsiz rivojlanishining uchta holati allaqachon ro‘yxatga olingan. Ushbu bemorlarda hech qanday alomat kuzatilmagan, ammo virusning organizmda mavjudligi uzoq vaqt davom etgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, shunga o‘xshash hodisa avvalroq sil kasalligi uchun tavsiflangan, zero, ushbu xastalikda ham bemorlarning aksariyati biron-bir alomatlarsiz infeksiya tashuvchisi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Organizmda COVID-19ning alomatlarsiz kechishi nimaga bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ldi