17:53 / 29.10.2020
1 596

3 mlrd. so‘m qarzdorlik to‘lanishi paysalga solib kelingani sabab qarzdorning qurilishi bitmagan bino-mnshootlari sotildi

3 mlrd. so‘m qarzdorlik to‘lanishi  paysalga solib kelingani sabab qarzdorning qurilishi bitmagan bino-mnshootlari sotildi
Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida, Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 26.11.2018 yildagi 4-1001-1806/27138-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Albi-Pharma” korxonasidan undiruvchi TIF Milliy bank Yunusobod filiali foydasiga 3 mlrd. 43 mln. 550 ming so‘m undirish haqidagi ijro ishi mavjud bo‘lib, ijro hujjati 17.12.2018 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochisi X.Alibekov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan 101119014925-sonli ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Qarzdor korxonaga qonun talablariga ko‘ra, ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada bank oldidagi qarzdorlikni qoplashni paysalga solib keldi. MIB tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan qarzdorga tegishli barcha (valyuta, maxsus, blok va ikkilamchi) hisob varaqalar, asosiy vositalar ro‘yxati, debit kreditor qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlar o‘rganilib, unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarga band solingan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli Yashnobod tumani, Navro‘z ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino inshootlarga qaratilib, tegishli tartibda realizatsiya qilindi. 28.10.2020 yildagi to‘lov topshiriqnomalarga asosan qarzdorlik bank foydasiga to‘liq undirilib, ijro ishi yuritish tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 3 mlrd. so‘m qarzdorlik to‘lanishi paysalga solib kelingani sabab qarzdorning qurilishi bitmagan bino-mnshootlari sotildi