
Odamlar sog‘liqlari haqida qayg‘urib, shifokor qabuliga yozilishda bir qator muammolarga duch keladilar. Misol sifatida uzun navbat holatlarini ko‘rsatishimiz mumkin. Bu esa bemorlar sog‘lig‘iga yanada salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Endilikda bu kabi muammolar yuzaga kelmasligi uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi va my.gov.uz jamoasi tomonidan yagona portalda onlayn tarzda shifokor qabuliga yozilish xizmati joriy etildi.
Buning uchun my.gov.uz portalidagi «Sog‘liqni saqlash» turkumidagi «Shifokor qabuliga yozilish» xizmatini tanlab, kerakli shifoxonaga shifokor qabuliga onlayn tarzda yoziling.
Xizmat avtomatlashtirilgan va qisqa muddat ichida taqdim etiladi.
Xizmatga o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/ru/queue-doctor/passport “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar