Foto: Videodan skrinshot
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ikki nafar qiz tanishining singlisini ranjitgan qizni «samosud» qildi, deya xabar bermoqda viloyati IIB.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oltiariq tumanida yashovchi 3 nafar turmushga chiqmagan qizning o‘zaro janjali aks etgan videolavha yuzasidan izoh berildi. Jamoat joyida karantin qoidalariga amal qilmagan ikki nafar qiz tanishining singlisini ranjitgani uchun uchinchi qizni «samosud» qilgan.
Mazkur videoni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: VIDЕO
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipovning aytishicha, mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish uchun Rishton tumani ma’muriy sudiga taqdim etilgan.
Rishton tumani ma’muriy sudining 23 oktabrdagi hukmiga ko‘ra, qizlarning ikki nafariga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi, 1 nafar qizga esa bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi