«Xalq banki» sobiq rahbari tuzgan jinoiy guruh haqida ma’lumot berildi

Jamiyat1 daqiqa o'qish2.7K
«Xalq banki» sobiq rahbari tuzgan jinoiy guruh haqida ma’lumot berildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo yig‘ilishida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev bank tizimidagi mablag‘larni talon-toroj qilish, bank xizmatlarini ko‘rsatish, ayniqsa, kredit ajratishdagi suiiste’molchilik holatlarini qattiq tanqid ostiga oldi.

«Xabar.uz» nashrining xabar berishicha, o‘tgan ikki yil mobaynida banklarning 166 nafar mansabdor shaxslari korrupsiyaviy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.

Jumladan, «Xalq banki» va «Mikrokreditbank»da boshqaruv raisi lavozimlarida ishlab kelgan E. o‘z mansabidan foydalanib, qator korrupsiyaviy jinoyatlarga qo‘l urgan.

Xususan, muqaddam qator jinoyatlarni sodir etib, AQSHda yashirinib yurgan X. bilan til biriktirib, Sirdaryo viloyatida 4 ta soxta firma tashkil qilgan. Bu firmalarni amalda boshqarish uchun 18 nafar shaxslardan iborat uyushgan guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yishgan.

Uyushgan guruh 2019 yil so‘nggi 9 oyida qariyb 732 mlrd. so‘mni qonunga xilof tarzda naqdlashtirib, 7 mlrd. so‘mga yaqin budjet mablag‘ini talon-toroj qilgan. 215 mlrd. so‘m turli plastik kartalarga moliyaviy yordam ko‘rinishida o‘tkazilib, 22,5 mln. dollar naqd pulga aylantirilib, xorijga olib chiqib ketilgan.

Uyushgan guruh rahnamolik qilgan firmalar 101 mlrd. so‘m soliq to‘lovlaridan ham bo‘yin tovlagan.

Bundan tashqari, E. «Xalq banki» boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangach, bank binosi qurilishini olib borayotgan pudratchilarni o‘ziga tanish pudratchilarga almashtirib, ob’yekt qurilishida 5,5 mlrd. so‘mlik bank mablag‘ini talon-toroj qilgan.

«Mikrokreditbank»ka rahbar etib tayinlanganda esa, o‘z rahnamoligidagi firmalar orqali birgina xizmat kabineti uchun 100 mln. so‘mlik mebel jihozlarini 273 mln. so‘mga, bankning Sirdaryo filiali uchun 700 mln. so‘mlik binoni 4 mlrd. 700 mln. so‘mga sotib olib, mablag‘larni o‘margan.

Hozirda E. va uning jinoiy sheriklari qamoqqa olinib, sud oldida javob bermoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?