
Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasi xodimlari Mo‘ydinov, O‘rinboyev va Xojiboyev budjet tushumi rejasini bajarish hamda budjet mablag‘larini o‘marishning noyob uslubini o‘ylab topgan. Bu haqda 7 noyabr kuni Bosh prokuraturada tashkil etilgan korrupsiya masalalariga oid idoralararo yig‘ilishda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev gapirib o‘tgan.
Ular 52 nafar soliq to‘lovchilarning soliq bazasidagi hisob varaqalariga jami 3,5 milliard so‘m soliq to‘langani haqidagi soxta ma’lumotlarni kiritib, go‘yoki ortiqcha to‘lovlar hosil qilishgan. So‘ngra sun’iy hosil qilingan ortiqcha to‘lovlarni o‘z egalariga qaytarish vaji bilan moliya bo‘limiga soxta xulosalarni taqdim etish orqali 1,2 milliard so‘mni o‘zlariga tanish firmalar orqali talon-toroj qilishgan.
Avvalroq O‘zbekistonda o‘tgan ikki yilda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganligi uchun 31 nafar soliq xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgani, Dang‘ara tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari Turg‘unboyev pul mablag‘larini naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh tuzgani, guruh boshqa fuqarolar nomiga 22 ta soxta firma ochib, ularga norasmiy rahbarlik qilib kelgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar