17:43 / 11.11.2020
831

7 mlrd. so‘m kredit qarzi bo‘lgan tadbirkorning avtotransport va ko‘chmas mulklari xatlandi

7 mlrd. so‘m kredit qarzi bo‘lgan tadbirkorning avtotransport va ko‘chmas mulklari xatlandi
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 29.09.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Oydin yo`l durdonasi” MCHJ hisobidan undiruvchi TIF “Milliy bank” foydasiga 7 mlrd. 082 mln. 458 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni 4 ta ko‘chmas mulk va 7 ta avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati 13.10.2020 yilda Majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan 13.10.2020 yilda ijro ishi qo‘zg‘atilgan va taraflarga yuborilgan. Qarzdor jamiyat belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzdorlikni qoplamaganligi sababli majburiy ijro xarakatlariga kirishilgan. Xususan, garovga qo‘yilgan 4 ta ko‘chmas mulklari hamda 2 ta, HOWO va SHACMAN rusumli avtotransport vositalari jarima maydonchasiga olib kirilib, ro‘yxatga olinib, xatlandi. Hozirda xatlangan mol-mulklarni elektron onlayn-auksionga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, garovdagi qolgan avtotransport vositalarini jarima maydonchasiga olib kelish va ro‘yxatga olish choralari ko‘rilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)