20:07 / 11.11.2020
2 079

Farzand onasiga olib berildi

Farzand onasiga olib berildi
Yangiariq tumani Ostona qishlog‘i Xo‘jalar mahallasi Ko‘zmunchoq ko‘chasida yashovchi fuqaro F.Bekchanova oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘i M.Sultanov o‘g‘lini o‘zi bilan olib ketgan. Biroq voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi M.Olimbayevni olib ketaolmagach, sudga murojaat qilgan.

Byuroning Yangiariq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan F.Bekchanova voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan farzandi M.Sultanovni tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati joriy yilning 23 oktabr kuni bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va shu kuning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Shunga ko‘ra, karantin qoidalariga rioya qilingan xolda bir nafar voyaga yetmagan farzandi onasi F.Bekchanova tarbiyasiga olib berilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzand onasiga olib berildi