19:00 / 12.11.2020
1 963

Fuqaro foydasiga 8,7 mln. so‘m moddiy zarar undirildi

Fuqaro foydasiga 8,7 mln. so‘m moddiy zarar undirildi
Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida Bektemir tuman Ma’muriy sudining 23.06.2020 yildagi № 3-1010-2002/1441-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor R.Ziyotovdan undiruvchi fuqaro N.Tokiyev foydasiga jami 8.747.280 so‘m miqdorida moddiy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 12.08.2020 yilda kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha 12.09.2020 yil kuni davlat ijrochisi M.Mo‘minjonova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib qarzdorga 10 kunlik ihtiyoriy muddat berilib qaror nusxasi taraflarga pochta aloqa bo‘limi orqali yuborilgan.

Bundan tashqari qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor R.Ziyotovdan fuqaro foydasiga 8.747.280 so‘m moddiy zarar to‘liq undirilib 24.08.2020 kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro foydasiga 8,7 mln. so‘m moddiy zarar undirildi