20:00 / 12.11.2020
2 029

300 mln. so‘mlik tamaki va pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

300 mln. so‘mlik tamaki va pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro A.Sh.ga tegishli bo‘lgan 2 ta xonadon o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu xonadonlarda O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan markalanmagan, umumiy qiymati 300 million so‘mlik, 2427 quti tamaki mahsulotlari va 279 160 dona pirotexnika vositalari noqonuniy tarzda saqlanayotganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 300 mln. so‘mlik tamaki va pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi