21:25 / 12.11.2020
1 802

“Lasetti”dagi 53 million so‘mlik pirotexnika vositalari fosh bo‘ldi

“Lasetti”dagi 53 million so‘mlik pirotexnika vositalari fosh bo‘ldi
Yangi yil bayrami arafasida ko‘cha-ko‘yda pirotexnika vositalarining shovqinli ovozini tez-tez eshitib qolamiz. Negaki, foydalanish taqiqlangan bo‘lishiga qaramay ayrim kimsalar pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan hamon shug‘ullanib kelishmoqda.

Yaqinda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.
O‘tkazilgan tadbir davomida, fuqaro I.F. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli yengil avtotransport vositasi to‘xtatilib, tadbir ishtirokchilari tomonidan ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinaning saloni hamda yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 53 380 000 so‘mlik 62 820 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Lasetti”dagi 53 million so‘mlik pirotexnika vositalari fosh bo‘ldi