2 211
«Yoshlar yomon emas, o‘zimiz yomon». Shavkat Mirziyoyev yoshlardan noliydigan rahbarlarga taklif berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida davlat rahbari yoshlardan shikoyat qilib, «yoshlar yomon» deydigan rahbarlarga taklif berdi, deya xabar berdi «Daryo» nashri.
«Kecha yoshlar bilan muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni bilishga harakat qildim. Yoshlarning ko‘zi yonib turibdi. Ular aytayotgan fikrlarni eshitib, ularga yordam berish kerak. Ko‘pchilik rahbarlarimiz, tuman hokimlari yoshlarni eshitmay, faqat ‘Yoshlar yomon’ deb shikoyat qiladi. Aslida yoshlar emas, o‘zimiz yomon», — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev viloyatda yoshlar sportiga e’tibor berilmayotganini aytib, «Nabiyevni (jismoniy tarbiya va sport vaziri) sezmayapman», — dedi.
«Maktabda dars tugaganidan so‘ng, soat 16:00 dan keyin maktab sport zali va to‘pni yoshlarga bering, kechasi ikki-uchgacha sport bilan shug‘ullansa ham, men roziman. Bizda esa bunaqa emas. Maktab zalining kaliti yo direktorda turadi yoki sport murabbiyida», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari yig‘ilish davomida viloyatda sportni rivojlantirish uchun mini futbol maydonlari, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat beruvchi o‘yingohlar qurish taklifini berib, «O‘sha maydon qurilishi uchun sarflanadigan pulni yoshlarning o‘ziga berish kerak. O‘zi qursin va o‘zi foydalansin. Bunaqa ishlarni davlat ixtiyoridan chiqarish kerak. Davlat buyurtmasi asosida qilinsa, yana korrupsiya, poraxo‘rlik bo‘ladi», — dedi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...