14:24 / 14.11.2020
2 292

O‘zbekiston har bir fuqarosi uchun 1 dozadan koronavirusga qarshi vaksina buyurtma qilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston har bir fuqarosi uchun 1 dozadan koronavirusga qarshi vaksina buyurtma qilgani ma’lum bo‘ldi
Kelajakdagi koronavirusga qarshi vaksinalarning yarmidan ko‘pi allaqachon boy davlatlar tomonidan buyurtma qilingan. Bu haqda 12 noyabr kuni AQSHning Dyuk universiteti huzuridagi Global Health Innovation Center tomonidan to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib, The Economist nashri ma’lum qildi.

Markaz tadqiqotchilari hali tayyorlanmagan vaksinalarning oldindan buyurtmasi mavjud bo‘lgan bozor majburiyatlari bitimlarini tahlil qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, kelajakdagi COVID-19 vaksinalarining oltidan biri AQSHga tomonidan sotib olinadi. Bir nafar amerikalik uchun hukumat uchta doza vaksina buyurgan. Umuman olganda, Amerika Qo‘shma Shtatlari bir milliard doza vaksina sotib oladi.

Kanada har bir fuqarosiga eng ko‘p vaksinani oldindan buyurtma qilgan — bir nafar kanadalikka o‘nta doza to‘g‘ri keladi.
Markazning tasdiqlangan buyurtmalar haqidagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston bir kishi uchun bir doza koronavirusga qarshi vaksinaga buyurtma bergan.

Foto: The Economist
Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina uchun allaqachon 600 million doza buyurtma olingan.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi bilan O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichini o‘tkazish haqida kelishuvga erishdi. Sinov 5000 nafar ko‘ngillida o‘tkaziladi. Avvalroq Xitoy vaksinasi Toshkentga olib kelingani ma’lum bo‘ldi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning xabar berishicha, koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish uchun nafaqat Xitoydan, balki Rossiya, Yevropa va AQSHdan olib kelish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Rossiyaning «Vektor» ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng uning qo‘shma sinovlarini o‘tkazishga qiziqish bildirgandi. Shuningdek, O‘zbekiston «Sputnik-V» vaksinasining 5000 dozasini ajratish yuzasidan Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasiga murojaat qilgani ma’lum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston har bir fuqarosi uchun 1 dozadan koronavirusga qarshi vaksina buyurtma qilgani ma’lum bo‘ldi