Oliy ta’lim muassasalarida joriy o‘quv yilini an’anaviy shaklda boshlash bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov kechki va sirtqi ta’limda o‘qish qay tarzda tashkillashtirilishi haqida gapirdi.
“Avvalroq kechki ta’limda kunlik 3-4 para darslarni 2 paragacha qisqartirish, ma’lum bir qismini onlaynga o‘tkazish masalasi ko‘tarilgan edi. Chunki kechki ta’lim ko‘p joylarda soat 18:00dan, tashkilotlarda ish tugaganidan keyin boshlanadi.
Bugungi kunda sirtqi va kechki ta’lim onlayn amalga oshiriladi. Agar oliy ta’lim muassasasining imkoniyati mavjud bo‘lsa, ya’ni kunduzgi smenalardan vaqtliroq joy qoladigan bo‘lsa, oliy ta’lim muassasasi buni o‘zi hal qiladi: kechki ta’limdagi talabalarni ham an’anaviy ta’limda, belgilangan, kechki vaqtda jalb qiladi”, - dedi u AOKAda o‘tkazilgan brifingda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi