
Foto: Farruh Yakubov
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida sodir bo‘lgan YTHda 10 yoshli qizcha halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori Farruh Yakubov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 8 noyabr kuni Xatirchi tumanida yashovchi 10 yoshli qiz M.M. yashash hovlisining qarama-qarshisida yashovchi bobosining uyiga borish uchun yo‘lni kesib o‘ta boshlagan. Shu payt 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro F.S. o‘z boshqaruvidagi Nexia’ni soatiga 140 kilometr tezlikda boshqarib kelib, M.M.ni urib yuborgan.
Natijada voyaga yetmagan M.M. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
«Aynan ota-onalarning mas’uliyatsizligi va farzandlarning qarovsiz qolishi tufayli bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari oshib bormoqda. Yoshi katta har bir inson o‘g‘il-qizini nazoratsiz qoldirmasligi, o‘zi ham yo‘l harakati qoidalariga rioya etgan holda yoshlarga ibrat bo‘lishini so‘rab qolgan bo‘lar edik», —deydi Farruh Yakubov.
Mazkur holat yuzasidan F.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar