2 366
Farg‘onada noqonuniy xo‘roz o‘yinini tashkil qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati
Farg‘onada DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda pul tikib xo‘roz urishtirish uchun tashkil etilgan arena aniqlanib, uning faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 noyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.N.ga tegishli bo‘lgan Yorug‘lik ko‘chasida joylashgan milliy o‘yinlar uchun mo‘ljallangan o‘yingohda qonunga xilof ravishda xo‘roz urishtirish o‘yinini tashkil etganligi aniqlangan. Natijada 11 ta xo‘roz va 1 million 34 ming so‘m pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)da ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi