Majburiy ijro byurosi Uchko‘prik tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 13.07.2020 yildagi qaroriga asosan fuqaro F.Esonovdan ATIB “Ipoteka bank” Farg‘ona filiali foydasiga 103 mln. 800 ming so‘m kredit qarzini undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.
Asosiysi, sud qarorida kredit qarzini undirish bankka garov sifatida qo‘yilgan D.Esonova nomiga rasmiylashtirilgan “Cobalt” rusumli davlat belgili avtomashinaga qaratish belgilangan.
Bankdan kredit olishga olgan-u, lekin uni qaytarishga kelganida bosh tortgan F.Esonov Byuroning tuman bo‘limiga tashrif buyurganidan keyin negadir kuni-kecha boshqarib yurgan avtomashinasi ham ko‘rinmay qoldi.
Davlat ijrochisining avtomashinani taqdim etish haqidagi talabi bajarilmadi, keyingi chaqiruvlar ham javobsiz qoldi va qidiruv guruhi inspektorlari garovga qo‘yilgan “Cobalt” ni yashash manzilidan topa olishmadi. Buni qarangki, surishtiruvlar natijasida “Cobalt” F.Esonovning yaqin qarindoshlari yashash uyidan aniqlanib, “Ye-IJRO AUKSION” onlayn savdo maydonchasi orqali sotildi va bank kredit qarzi to‘liq bartaraf etildi.
Shuningdek, qarzdor ijro hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlaganligi uchun ma’muriy javobgarlik masalasi hal etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?