Ma’lumki, simob juda zaharli moddalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, uning ochiq holda bug‘lanib havoda tarqalishi inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Lekin, shunga qaramay mo‘may daromad evaziga mazkur zaharli moddani noqonuniy sotishga uringan ayrim kimsalar ham uchrab turibdi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari viloyat DXX, IIB va Milliy Gvardiya hodimlari bilan hamkorlikda Termiz tumanida nodir metallar, zaharli moddalar, davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiruvchi simob va simob birikmalarining noqonuniy aylanmasining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazdilar.
Tadbir davomida fuqaro Sh.B. 307 gramm “simob” zaharli moddasini shartli xaridorga 30 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Ekofaollar Myunxen aeroporti ishini to‘xtatib qo‘ydi