2 557
Endi ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini onlayn olish mumkin
Endilikda ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish yanada qulay va ortiqcha ovoragarchiliksiz amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
«Agar siz oldinlari uzundan-uzun navbatda turishlar evaziga arxiv ma’lumotnomasini olish uchun ariza qoldirib, kamiga turli tashkilotlar orasida sarson yurgan bo‘lsangiz, endi uyingizdan chiqmasdan turib sanoqli daqiqalar ichida buni amalga oshirishingiz mumkin», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, buning uchun dastlab Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish, «Ma’lumotnomalar» bo‘limidan «Ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish» xizmatini topish va mehnat faoliyatini yuritgan davr haqidagi ma’lumotlar asosida so‘rovnomani to‘ldirib, yuborish tugmasini bosish kerak.
Mazkur davlat xizmatidan foydalanish bepul, shuningdek, ERI ham talab etilmaydi.
So‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 5 ish kuni, ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli ma’lumotnoma shakllantiriladi hamda YAIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi