3 622
Sirdaryoda birovning xotinini yo‘ldan urgani aytilgan Toshkent viloyati YHXB xodimi ishdan bo‘shatildi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Ijtimoiy tarmoqlarda 24 noyabr kuni «Sirdaryoda birovning xotinini yo‘ldan urib, ifloslik qilgan Toshkentning GAIsi qo‘lga olindi» sarlavhasi ostidagi video tarqaldi.
Videoda Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi ekanligi aytilgan erkak Sirdaryo viloyatidagi xonadonda bir ayol bilan ushlab olingani ma’lum qilingan. Shuningdek, videoda mazkur erkakning yuzida jarohat izlari borligi ko‘ringan.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabar berishicha, mazkur videodagi ichki ishlar xodimi Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.Rahmatullayev hisoblanadi. Uning olgan tan jarohati bo‘yicha YPXB komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan boshqarma boshlig‘i nomiga yozilgan bildirgi asosida YHXB mas’ullari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.
Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, Prezident va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda IIVning me’yoriy buyruq talablarini qo‘pol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.Rahmatullayevning ichki ishlar organlaridan bo‘shatilishi bo‘yicha xulosa qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"