27 noyabr kuni soat taxminan 12:00 larda Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan Techno Continental korxonasida ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan siqilgan gazning sizib chiqishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea joyida ishlayotgan korxona xodimlaridan bir guruhi termik jarohat olgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borguniga qadar korxona xodimlarning sa’y-harakatlari bilan yong‘in bartaraf etilgan.
Jarohat olgan xodimlar zudlik bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga joylashtirilgan. Ular shifokorlar nazoratiga olinib, tez va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ayni paytda hodisa ro‘y bergan joyda vaziyatni o‘rganish va bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida tuzilgan respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Techno Continental 2018 yilning yanvarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, korxona elektromaishiy qurilmalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxona muassisi Artel Electronics (62,5 foiz) va Ilk Sabah Insaat Anonim Sirketi (37,5 foiz). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman"
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di