18:39 / 27.11.2020
2 706

Ish haqlari bosqichma-bosqich to‘lab boriladi

Ish haqlari bosqichma-bosqich to‘lab boriladi
Joriy yilning 24 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Iltimos, maoshimiz o‘z vaqtida berilsin. Ijarada yashaymiz, ro‘zg‘or tebratishimiz kerak...” sarlavhali xabar joylashtirildi. Bunda Byuroning Shahrisabz bo‘limi xodimlariga ish haqi vaqtida berilmayotgani haqida aytilgan.
Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilar aniqlandi.

Byuroning viloyat boshqarmasi va tuman shahar bo‘limlarining sentabr oyi ish haqlari to‘liqligicha, oktabr oyi va noyabr oyining birinchi yarmi uchun budjet hisobidan to‘lanadigan ish haqlari to‘liq to‘langan.

Shuningdek, 24 noyabr kuni choraklik mukofot puli ham berilgan. Maoshning Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasidan to‘lanadigan qismi bosqichma-bosqich to‘lab berilmoqda.

Bundan tashqari, Davlatimiz rahbari tomonidan 24 noyabr kuni qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida joriy yilning 1 noyabr kuniga qadar moliyalashtirilishi lozim bo‘lgan Byuro xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni Moliya vazirligi tomonidan moliyalashtirilib berilishi ta’kidlangan.

Mazkur masalasi bo‘yicha murojaatlarga muqaddam ham bir necha bor tushuntirish berilgan. Bu kabi masalalar qolaversa, mehnat qonunchiligiga amal qilinishi, ish haqi va boshqa to‘lovlarning to‘lanishi masalalar bo‘yicha - boshqarmada tashkil etilgan mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruhga – murojaatlarni qabul qilish hamda tushuntirish berishga tayyor ekanini bildirib qoladi.

Ma’lumot uchun: Byuroning Shahrisabz shahar va tuman bo‘limi xodimlari ijara asosida uylarda istiqomat qilishmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ish haqlari bosqichma-bosqich to‘lab boriladi