
Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash, xususan, yurtimizga tovarlarni noqonuniy olib kirishga urinish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida chegara oldi hududida xarakatlanayotgan fuqaro X.Z. boshqaruvidagi “Mersedes benz” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu yuk avtomashinacining yukxonasida maxsus yashirin joyga joylangan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan va xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 350 million so‘mlik 35 dona avto magnitafon hamda qurilishda foydalaniladigan texnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar