Foto: Pixabay
Immunitetni mustahkamlash uchun S va D vitaminlari hamda rux eng samarali moddalar hisoblanadi. Bu haqda Florida universitetining parhezshunoslik va ovqatlanish kafedrasi dotsenti Kristina Palasios ma’lum qildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, S vitamini infeksiyalarga qarshi kurashda yordam beruvchi leykotsitlar uchun muhim hisoblanadi. Organizmni viruslardan himoyalash masalasi dolzarb turadigan qish vaqtida S vitaminiga boy mahsulotlar, jumladan apelsinlar, greypfrutlar, qulupnay, pomidor va klyukva iste’mol qilish kerak.
Kam miqdordagi D vitamini kattalar va bolalarda nafas yo‘li kasalliklari rivojlanishi xavfi oshishi bilan bog‘langan. Shu sababli mutaxassis ushbu vitaminga ega qo‘shimchalarni shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qilishni tavsiya qilgan.
Immun tizimining faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi hujayralar normal rivojlanishi va faoliyat yuritishi uchun rux muhim ahamiyatga ega. Mutaxassisning ta’kidlashicha, organizmda ruxning yuqori miqdorda bo‘lishi viruslar ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”