So‘nggi kunlarda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)ning bir qator saytlariga yuborgan ogohlantirish xatlari keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Saytlar buni «bosim o‘tkazish» va «...haddan ortiq o‘rinsiz va mantiqsiz» deb baholadi. Tashkilot mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Unda qayd etilishicha, agentlik O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblangani bois aniqlangan qonun talablariga rioya etmaslik holatlari yuzasidan ogohlantirish, ko‘rsatma va taqdimnomalar berish vakolatiga ega.
Bayonotda 20-23 noyabr kunlari ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatiga olingan bir qator veb-saytlariga amaldagi qonunchilik talablariga mos kelmaydigan axborotlarni tarqatish holatlari bo‘yicha ogohlantirish xatlari yuborilgani aytiladi.
Misol uchun, «Kun.uz» nashriga «o‘z saytida ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilarining turli sharhlari, haqoratli fikrlari va chaqiriqlari jamoatchilik fikri sifatida taqdim etilgani uchun» ogohlantirish xati berilgan.
Shuningdek, «Gazeta.uz», «Daryo.uz», «Podrobno.uz», «Repost.uz» veb-saytlari «koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar statistikasi shubha ostiga olingan va ushbu masala yuzasidan rasmiy izohlar taqdim etilmagani» uchun ogohlantiruv olgan.
«Agentlik jurnalistikaning asosiy maqsadi — jamiyatga har tomonlama tekshirilgan, barcha nuqtai nazarlar mujassamlashgan, xolis axborotni mas’uliyat bilan yetkazishdan iborat ekaniga ishonadi», deyiladi bayonotda.
Yakunda agentlik jurnalist va blogerlarga davlat organlarining OAV bilan konstruktiv va ochiq muloqotda bo‘lishlari uchun har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan, shuningdek, mamlakatda so‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalari rivojlanishini ta’minlashni kafolatlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan