2 461
Fuqarolardan yarim mlrd. so‘mlik qarzni tezkorlik bilan undirgan MIB xodimasiga minnatdorchilik bildirildi
Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining bir nechta ijro varaqalariga asosan, 14 nafar qarzdor fuqarolar D.Sohobiddinova, U.Jabbarova, B.Xusanbayev, A.Xusanbayeva, D.Xusanbayeva, A.Abramyan, P.Amankulova, O.Djalilova A.Karimov, I.Uskanov, S.Xakimov, I.Xasanov, Z.Ernazarov hamda X.Mirzayevlardan TIF “Milliy Banki” Olmazor filiali foydasiga jami 552.518 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘lim davlat ijrochisi Z.Inoyatova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan, ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga 10 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan. Qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.
Bundan tashqari, qarzdorlarga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi
“Sud hujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq, so‘rovnomalar yuborilgan hamda olingan javob xatlariga ko‘ra, qarzdorlarning nomida jami 14 dona avtotransport vositalari mavjudligi aniqlangan.
Ijro harakatlari davomida ushbu avtotransport vositalari davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlikni qoplash maqsadida, xatlangan hamda onlayn auksion orqali sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari undiruvchi TIF “Milliy Banki” Olmazor filiali foydasiga jami 552.518 ming so‘m kredit qarzdorligi to‘liq undirilib berilgan.
Mazkur ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan, ijro xujjati tamomlangan. O‘zbekiston Respublikasi TIF “Milliy banki” bosh boshqarmasi tomonidan bo‘lim davlat ijrochisi Zilola Inoyatovaning ijro hujjatini ijrosini tezkorlik bilan ta’minlaganligi sababli tashakkurnoma bildirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi