O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati ziyofatxo‘r sudyalar va «soqqachi» sud xodimlari masalasida bayonot berdi.
Gap shundaki, kecha Oliy sudda bo‘lib o‘tgan «Odil sudlovni ta’minlash – O‘zbekistonni korrupsiyadan xoli hududga aylantirishning muhim omili» mavzuidagi konferensiyada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari ayrim sudyalarning quyushqonga sig‘mas xatti-harakatlarini tilga olingandi. Xususan, Toshkent viloyatidagi shaharlarning birida ikki nafar sudya ozodlikdan cheklash jazosiga hukm etilib, muddatini o‘tayotgan shaxsning ziyofatida aziz mehmon bo‘lgani, keyinroq ulardan biri mahkumni ozodlikka chiqargani og‘riq bilan qayd etiladi.
Shuningdek, poytaxt ma’muriy sudlarining ayrim sudyalari va sud xodimlari (IIB YPX xodimlari bilan til biriktirib) yo‘l harakati qoidalari buzilganligi yuzasidan tuzilgan ma’muriy ishlarni «o‘yin» qilib, 5 mingga yaqin soxta qaror chiqargani, buning oqibatida 8 milliard so‘m davlat mablag‘i talon-toroj qilgani aytildi.
Oliy sud matbuot xizmati bayonotida «faqat holatlar aytilib, ko‘rilgan choralar haqida gapirilmaganligi» bois tushunmovchiliklar chiqib, «qator ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgani» ta’kidlanadi. Va: «...joriy yilning 11 oyi mobaynida o‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 27 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilganligi, shuningdek 8 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi» ma’lum qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin