Ijtimoiy tarmoqlarda ikkita yelim idishga solib qo‘yilgan suyuqlikning biqirlab qaynayotgani va ulardan chiqayotgan gaz yonayotganiga oid videolavha tarqaldi. Uning muallifi idishlardan biridagi oddiy suv, ikkinchisida esa gaz mavjudligini, har ikkisining aralashib qaynashidan gaz yonayotganini ko‘rsatib ta’kidlaydi.
Bu videolavhaga izoh bergan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati mazkur amaliyot xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi.
“Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Uning muallifi bu ixtironi uyni isitish maqsadida tavsiya etadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarimizdan ushbu tajribani aslo amalda qo‘llamasliklarini so‘rab qoladi. Bu hayot va sog‘lik uchun juda xavflidir. Buning oqibatida turli ko‘ngilsiz holatlar, xususan yong‘in va hatto portlash kabi vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin”, – deydi vazirli Axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti