Foto: Videolavhadan skrinshot
Xalqaro press-klubda «Konstitutsiya va qonunchilikda so‘z hamda matbuot erkinligi. O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari» mavzuidagi davra suhbati bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning aytishicha, yashash huquqidan boshqa huquqlarda ayrim chegaralar bo‘lishi kerak. Lekin bu chegara demokratik jamiyatda kerak bo‘ladigan taomilda oqilona bo‘lishi lozim.
«Huquq bor joyda chegara ham bo‘lishi kerak, faqat yashash huquqida chegara bo‘lmaydi, chunki u eng oliy ne’mat. Boshqa huquqlarda ayrim chegaralar bo‘lishi lozim. Bu dunyo bo‘yicha tan olingan standart. Bugungi O‘zbekiston sharoitida cheklovlar haqida kamroq gapirishimiz kerak deb o‘ylayman, chunki cheklashga juda ustamiz, shu paytgacha buni judayam zo‘r uddalaganmiz», — dedi vazir.
Ruslanbek Davletov u yoki bu ommaviy axborot vositasi qonunchilik nuqtai nazaridan standartlarga rioya qilmagan bo‘lsa, sudga berilishi lozimligini aytib o‘tdi.
«Bizda sudga beribdi deyilsa, juda katta voqelikka aylanib ketayapti. Aslida biz bunga ko‘nikishimiz kerak, bu normal jarayon», — qayd etdi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi