
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarini turli qing‘ir yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, xorijiy aviareys bilan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelib, «yashil» yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.S.ning bagaji o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, umumiy qiymati 1 mlrd. 950 million so‘mlik 4899 dona turli sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar