
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida tovarlarni yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan holda respublikamiz hududiga turli noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishini oldini olish bo‘yicha bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, yurtimiz hududiga kirib kelgan xo‘jalik mollari “Inspeksion ko‘rik majmuasi”dan aniqlangan ma’lumotlar asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 605 mln so‘mlik 24 turdagi tibbiy buyumlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar