
«Majburiy sug‘urta turlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan, majburiy sug‘urta turlariga quyidagilar kiritilmoqda:
- ish beruvchining fuqarolik javobgarliginining majburiy sug‘urtasi;
- transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarliginining majburiy sug‘urtasi;
- tashuvchining fuqarolik javobgarliginining majburiy sug‘urtasi;
- xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarliginining majburiy sug‘urtasi;
- ob’ektlarni davlat mablag‘lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urtasi.
Qayd etilishicha, Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining internet-resursidagi Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi elektron ariza shakliga quyidagi ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi:
- jismoniy shaxslar - jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
- yuridik shaxslar – soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
- elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
- mobil telefon raqami.
Qonun 3 bo‘lim, 8 bob va 145 moddadan tarkib topgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar