
Joriy yilning 6 iyul kuni Majburiy ijro byurosi Taxtako‘pir tumani bo‘limi ish yurituviga Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining 23.06.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan, javobgar Taxtako‘pir tumani halq talim bo‘limidan da’vogar “Smartsistem Nukus” MChJning foydasiga 104 mln. 943 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yurituvini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarilgan.
Majburiy ijro xarakatlari davomida, dastlab, tomonlarga mazkur qarorning nusxalari va Taxtako‘pir tumani halq talim bo‘lim rahbari nomiga mazkur ijro hujjatning bajarilishini ta’minlash yuzasidan ogohlantirish xati yuborilgan.
Lekin, javobgar taraf bir necha ogohlatirishlarga qaramasdan ijro hujjati talablarini o‘z vaqtida bajarmaganligi sababli, bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 1981-moddasiga asosan bazaviy hisoblashning o‘n barovari miqdorida jarimaga tortilgan va javobgar bo‘limga tegishli bo‘lgan “DAMAS” markali avtomashinasi xatlovga olingan.
Shundan keyin, joriy yilning 30 noyabr sanasida, javobgar bo‘lim tomonidan tadbirkor “Smartsistem Nukus” MChJning foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan 104 mln. 943 ming so‘m qarz to‘liq undirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar