Toshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasi bosh ofisi ochildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tantanali ochilish marosimida Adliya, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazi vakillari ishtirok etishgan.
«Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston yoga federatsiyasi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu yangi bino bilan barchani, ayniqsa, yoga bilan shug‘ullanib kelayotganlarni tabrikladi», deyiladi xabarda.
Shahar hokimi hozirda yogani aholi orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlarga to‘xtalib, «2020-2024 yillarda Yoga federatsiyasini rivojlantirish dasturi» tasdiqlangani hamda uning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi