
AQSHning “Pantone” ranglar instituti (Pantone Color Institute) mutaxassislari 2021 yilning ikki asosiy rangini ma’lum qilishdi. Bular quyuq kulrang (17-5104 Ultimate Grey) hamda yorqin sariq (Pantone 13-0647 Illuminating) ranglardir. Bu haqda institut saytida ma’lum qilindi.
"Tosh kabi amaliy hamda qattiq, ammo ayni paytda iliqlik va optimizm ulashuvchi Pantone 17-5104 Ultimate Grey va Pantone 13-0647 Illuminating birlashmasi o‘zida kuch va ijobiylikni mujassam etadi", - deyiladi xabarda.
“Pantone” rahbari Leatris Eysmanning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ranglar uyg‘unligi chidamlilik hamda umid baxsh etadi, zero har bir inson o‘zini ilhomlangan, shuningdek, ulug‘vor his qilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, oxirlab borayotgan 2020 yil ranggi, tashkilot talqiniga ko‘ra, o‘zida xotirjamlik va ishonchni mujassam etgan klassik ko‘k edi.
Ma’lumot o‘rnida, “Pantone” butun dunyo bo‘ylab dizaynerlar va reklama beruvchilar kelajakda o‘z ishlari uchun muvaffaqiyatli foydalanishi mumkin bo‘lgan ranglarni ishlab chiqish hamda tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar