
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yil 16 yanvardan barcha onlayn shaklda o‘qiyotgan talabalar uchun o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi, degan noto‘g‘ri xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.
"Shuni rasman ma’lum qilamizki, oliy ta’lim muassasalarining barcha talabalarini to‘liq an’anaviy ta’lim shakliga o‘tkazish rejalashtirilmagan.
Mazkur masalada yangilik bo‘lsa, vazirlik rasmiy veb-sayti va telegram kanali orqali ma’lum qilinadi", deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar