Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish borasida bojxona organlari tomonidan bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda “Ark-buloq” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda bojxona postiga xorijiy mamlakatdan olib kelingan trikotaj matolar bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida bojxona ekspertizasi ham tayinlandi. Ekspertiza xulosasiga asosan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasida “Trikotaj mato” deb ko‘rsatilgan tovarlar aslida “suniy toladan bosilgan mato hamda suniy iplardan bosilgan mato” tovarlari ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Qiymati 11 mlrd. 487 mln so‘mni tashkil etgan mazkur “sun’iy tola hamda sun’iy iplardan bosilgan mato”tovarlari vaqtincha saqlovga olindi.
Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, ushbu tovarlar uchun 622,5 mln so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"