
Majburiy ijro byurosi Qamashi tuman bo‘limi hamda tuman prokuraturasi tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.
Yarmarkaga tashrif buyurganlarga tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan tumandagi korxona, tashkilot va muassasalardagi bo‘sh ish o‘rinlari va mavsumiy vaqtinchalik ishlar tavsiya etildi.
Yarmarkada ishtirok etgan 200 dan ortiq fuqarolardan 40 nafari ishga joylashtirildi. Ulardan 21 nafari ishsizligi tufayli aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lolmay kelayotgan qarzdorlardir.
MIB Qamashi tuman bo‘limi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar