Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi «Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 808-sonli qarori bilan voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek voyaga yetmagan bolalar, er (xotin), sobiq xotin (sobiq er) va boshqa mehnatga layoqatsiz shaxslar ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyatini ta’minlashda garov shartnomasini tuzish tartibi belgilangan.
Mazkur Qaror mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish borasida qator targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, buning natijasini Byuroning Tuproqqala tuman bo‘limi misolida ko‘rishimiz mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 18.07.2014 yildagi sud buyrug‘iga ko‘ra, qarzdor S.Edan undiruvchi Q.J foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun har oylik ish haqi va daromadlarining 1/4 qismi miqdorida voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari, qolaversa, targ‘ibot ishlari natijasida tomonlar kelishib, farzandi voyaga yetguniga qadar 78,9 million so‘m aliment pullari undiruvchi undirib berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi