Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
«Onlayn maktab» loyihasi muvaffaqiyatli joriy etilganini inobatga olib, loyihani davom ettirishga qaror qilingan. Lekin u yangicha formatda davom etadi.
Bu haqda xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Pandemiya davrida ushbu loyiha o‘quvchilarga ko‘proq ta’lim olib, fanlarni o‘zashtirishga yordam bergan bo‘lsa, yangi formatdagi onlayn darslar bolalarni kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari, kelajak ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashadi.
Shuningdek, o‘quvchilar qo‘shimcha fanlarni o‘rganib, o‘z bilimlarini charxlab borishlari uchun yangi dasturlar joriy qilamiz», – dedi vazir o‘rinbosari «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasining yillik hisobotida.
Ma’lum qilinishicha, televizion darslar o‘rniga yoshlarda dasturlash, frilans yo‘nalishi bo‘yicha yangi ko‘nikmalarni shakllantiradigan masterklaslar, «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasida muvaffaqiyatga erishgan yoshlar haqida motivatsion videoroliklar berib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?