Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida salkam 1 oyga transport harakati to‘xtatiladi

Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida salkam 1 oyga transport harakati to‘xtatiladi
Kirib kelayotgan Yangi yil tantanalari munosabati bilan Toshkent shahri markazida bayram tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, shu munosabat bilan joriy yilning 20 dekabr kuni soat 06:00 dan 2021 yil 15 yanvar soat 00:00 gacha quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:
Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida salkam 1 oyga transport harakati to‘xtatiladi
- Buyuk Turon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Zarafshon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi va Amir Temur shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
- Mustaqillik shoh ko‘chasining Zarafshon ko‘chasi va Amir Temur xiyoboni oralig‘idagi qismi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar