1 393
Mirzaobodlik ota farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment pulini oldindan to‘lab berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 28.01.2013 yildagi qaroriga ko‘ra Sh.Usanovdan undiruv N.Esanova foydasiga ¼ qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Mirzaobod tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va davlat ijrochisi tomonidan aliment mablag‘ini vaqtida undirish choralari ko‘rib kelinmoqda.
Byuroning Mirzaobod tuman bo‘limiga ixtiyoriy ravishda tashrif buyurgan Sh.Usanov farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment pulini oldindan to‘lab berishini ma’lum qildi.
Davlat ijrochisi tomonidan hisoblangan summa 20 mln. so‘mni tashkil etdi. Ota rozi, endi navbat undiruvchi onaga bu haqda ma’lum qilinganida farzandining kelajagi uchun 20 mln. so‘m mablag‘ni qabul qilishini bildirdi. 21.12.2020 yilda Byuroning Mirzaobod tuman bo‘limi binosida qarzdor Sh.Usanov 20 mln. so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berib, zimmasidagi otalik burchini bajardi hisob.
Undiruvchi arizasiga asosan ijro ishi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan tamomlanib, undiruvchining o‘ziga qaytarildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qashqadaryolik fuqaro otasidan qolgan ov miltig‘ini tuman IIBga topshirdi

Sergeli tuman hokimi ishdan olindi

Shahrisabzda mudhish hodisa: erkak o‘ziga qo‘shib uch farzandi va rafiqasini avtomobil ichida yoqib yubordi

Tadbirkorlar foydasiga 500 mln. so‘mdan qarzdorlik undirib berildi

16 fevral voqealari ishtirokchisi Zokir Rahimov Turkiyada qo‘lga olindi (video)

Qizlik uyini tark etar onda onasiga she’r aytgan o‘zbekistonlik kelinchak (video)