Bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlik har tomonlama qo‘llab quvvatlanmoqda.
Ayniqsa, ularni faoliyatini yanada kengaytirish, ish o‘rinlari tashkil etishlari uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berilmoqda. Hozirda bu kabi imkoniyatdan foydalanib, yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz ko‘plab topiladi.
Biroq, “gurunch kurmaksiz bo‘lmaganidek”, olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarmay kelayotgan ayrim tadbirkorlar ham uchrab turibdi.
Xususan, Navbahor tumanlararo Iqtisodiy sudining 01.12.2020 yildagi qarzdor “TIMUR SAYF AGRO” va qo‘shimcha javobgar “SHAXRIYOR AGROEXPORT” MCHJlardan AT “XALQ BANKI” foydasiga jami 1 mlrd. 119 mln. so‘m kredit qarzdorligi hamda davlat foydasiga 22 mln. 386 ming so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro ishi 04.12.2020 yilda Byuroning Navbahor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.
Shu kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilib, qaror nusxasi taraflarga yuborildi. Jamiyat balansida bo‘lgan “Gul ko‘chatlarini yetishtirishga mo‘ljallangan gulbog‘xona” ajratilgan kreditning garovi sifatida qo‘yilgan bo‘lib, ushbu mulk realizatsiya qilishlik uchun xatlandi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 18.12.2020 yilda AT “XALQ BANKI”ga 1 mlrd. 119 mln. so‘m kredit qarzdorligi, davlat foydasiga esa 22 mln. 386 ming so‘mlik davlat boji amalda undirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"