2 988
1 yanvardan ijtimoiy xizmatlar va yordam berishda talab qilinmaydigan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi
2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordam taqdim etishda fuqarolardan talab etilishi yo‘l qo‘yilmaydigan hujjatlar va ma’lumotlar ro‘yxati taqdim etildi.
- Doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.
- Oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, bolalar soni va ularning yoshi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, turmush qurganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ajrashganlik to‘g‘risidagi guvohnoma.
- Avtotransport vositasi mavjudligi va uning texnik holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
- Oilaning (oila a’zolarning) rasmiy daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
- Ko‘chmas mulkning mavjudligi, ko‘chmas mulk hajmi, foydalanuvda bo‘lgan yerning boniteti to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
- Ish qidiruvchi, ishsiz, jamoat ishlari bilan bandlik maqomi berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
- Pensiya va nafaqa ko‘rinishidagi daromadlari, 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
- Mehnat faoliyati bilan vaqtincha shug‘ullanish imkoniyatini bermaydigan kasallikning mavjudligi, nogironlik guruhining mavjudligi, doimiy parvarishga muhtoj oila a’zosining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
- Bank plastik kartasining mavjudligi, to‘lovlar va vedomostlarni yuborish, to‘langan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotlar, oila a’zolariga kelib tushgan pul o‘tkazmalari, bank plastik kartasi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
- Oila a’zolarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalari, dividendlar olingani to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
- Talabalar safida mavjudligi, stipendiya miqdori, o‘qish shakli (kunduzgi, sirtqi), o‘qish turi (davlat granti, to‘lov kontrakt) to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi