18:33 / 23.12.2020
2 585

Toshkentda 47-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus yonib ketdi

Toshkentda 47-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus yonib ketdi
Foto: IIV YHXBB
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida 22 dekabr, seshanba kuni soat 14:50 larda 12-sonli avtobus saroyiga tegishli bo‘lgan yo‘lovchi tashuvchi avtobusning dvigatel qismida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan va tan jarohati olganlar yo‘q.
«Ushbu hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida Toshkentda 8-yo‘nalishda qatnaydigan Mercedes avtobusi, noyabrda esa 116-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus yonib ketgan edi.

Ma’lumot uchun, 2018 yilda «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi rahbariyati avtosaroylar tarkibidagi eng ko‘p masofa bosib o‘tgan 2008−2009 yillarda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz Low Floor rusumli avtobuslarni 13 oktabrdan boshlab yo‘lovchi tashish uchun yo‘nalishlarga chiqarmaslik bo‘yicha qaror qabul qilgan edi. Bunga yo‘lovchi avtobuslarida tez-tez yong‘inlar sodir bo‘layotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 47-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus yonib ketdi