870
Pastdarg‘omlik ota farzandlari ta’minoti uchun 76 million so‘mlik aliment pulini to‘lab berdi

Majburiy ijro byurosi Pastdarg‘om tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor K.X.dan undiruvchi F.A. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun daromadlarining ikkidan bir qismi miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan.
Bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor K.X. bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, qonunchilikda belgilangan javobgarlik yuzasidan tushuntirish berildi.
Shundan so‘ng, qarzdor K.X. alimentdan bo‘lgan barcha qarzini to‘lash bilan birga farzandlari voyaga yetguniga qadar hisoblangan aliment pullarini to‘lash istagini bildirdi. Qarzdor K.X. tomonidan to‘langan jami 76 million so‘m aliment pullari undiruvchi F.A.ga topshirilishi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Farzandi voyaga yetguniga qadar bo‘lgan salkam 120 mln. so‘mlik aliment pulini to‘lab berdi

Salkam 80 mln. so‘m aliment qarzi undirib berildi

Karantin davrida farzandining voyaga yetguniga qadar 78 mln. 960 ming so‘m aliment pullarini to‘ladi

O‘z burchini tushungan ota aliment pullarini to‘lab berdi

Salkam 30 mln. so‘mlik aliment qarzdorligi undirildi

Karantinda otalarning bolalarga mehri oshyaptimi?